Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Bloomberg: eng kambagʻal mamlakatlar uchun kreditlar 1989-yildan beri eng yuqori darajaga qimmatlashdi

2025-yilda rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning tashqi qarzi rekord darajadagi 9,4 trln dollarga yetdi

6-noyabr, 14:50
Poetra.RH / Shutterstock

Dunyoning eng kambagʻal mamlakatlari bir necha oʻn yilliklar ichidagi eng yuqori qarz olish qiymatiga duch keldi.

Daromadi past davlatlar uchun yangi xususiy kreditlarning oʻrtacha foiz stavkasi 8,2 foizni, yangi obligatsiyalarniki esa 9,4 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyoti kuchliroq rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi obligatsiyalarning oʻrtacha daromadliligi pastroq — 5,5 foiz boʻldi.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, Xitoy hisobga olinmaganda, daromadi past va oʻrta boʻlgan mamlakatlar tashqi qarzining 2025-yildagi oʻsishi asosan xususiy moliyalashtirish hisobidan taʼminlangan. Qarz mablagʻlarining sof oqimi 360 mlrd dollarga yaqinlashdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Ayrim davlatlar obligatsiyalar bozoriga chiqishda davom etmoqda. Kongo Demokratik Respublikasi aprel oyida 1,25 mlrd dollarlik dollar obligatsiyalarini ilk bor joylashtirdi. Ikki qimmatli qogʻozning daromadliligi 8,75 va 9,5 foizni tashkil etdi — bu 2026-yildagi eng yuqori kupon stavkalaridan biridir.

Angola avgust oʻrtalariga kelib, bir yil avvalgidan ikki baravar koʻp obligatsiya joylashtirdi; oʻshanda emissiya hajmi 2 mlrd dollarni tashkil qilgan edi. Indoneziya va Filippin ham 2025-yildagi joylashtirish koʻrsatkichlaridan oshib ketdi.

Jahon bankining taʼkidlashicha, koʻplab hukumatlar avvalgi majburiyatlarni qayta sotib olish yoki toʻlovlarni vaqt boʻyicha taqsimlash uchun yangi obligatsiyalar chiqarmoqda. Biroq tashkilot bahosiga koʻra, bunday yondashuv qarz yukining sezilarli darajada kamayishiga olib kelmaydi.

2024-yildan beri Argentina, Kolumbiya, Angola, Nigeriya va Senegal oʻz majburiyatlarini boshqarishda toʻliq daromad svoplaridan koʻproq foydalanmoqda. Bunday operatsiyalar hajmi 1 mlrd dollardan 9,3 mlrd dollargacha boʻlgan. Ushbu vosita valyutani tezda olish imkonini beradi, biroq taʼminot, qayta moliyalashtirish va axborotni oshkor etish bilan bogʻliq xatarlarni keltirib chiqaradi.

Yana oʻqing