Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kompaniyalar

HMD 2029-yilda Nokia telefonlarini ishlab chiqarishni toʻxtatadi

Nokia bilan tuzilgan shartnoma muddati yakunlangach, Finlyandiyaning HMD Global texnologiya kompaniyasi smartfonlar va tugmachali telefonlarda Nokia nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi

9-noyabr, 12:41

Istisno tariqasida patentlar va tovar belgilarini birgalikda litsenziyalash boʻyicha ayrim loyihalar davom etadi: ulardan olingan daromad tomonlar oʻrtasida taqsimlanadi.

Hamkorlikka 2016-yildagi kelishuv asos boʻlgan. Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasi Nokiaʼdan brendli telefonlar va planshetlar ishlab chiqarish uchun eksklyuziv xalqaro litsenziya olgan. Bunda Nokia smartfonlarni mustaqil ravishda ishlab chiqarishni qayta boshlamadi, balki savdo belgisi va patent texnologiyalarini litsenziyalashni tanladi.

2025-yil oktabr oyida tomonlar Nokia tugmachali telefonlarini ishlab chiqarish imkoniyatini 2029-yil martigacha uzaytirdi. Yangilangan shartlar faqat ayrim bozorlarda amal qiladi.

Shu bilan birga, HMD soʻnggi yillarda oʻz brendini mustahkamlamoqda: kompaniya HMD nomi ostida smartfonlar, planshetlar va boshqa qurilmalarni ishlab chiqarmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing