Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Energetika

Birlashgan Arab Amirliklari Hormuz boʻgʻozini chetlab oʻtuvchi uchinchi quvur liniyasini qurishi mumkin

Davlat kompaniyasi ADNOC mamlakatning gʻarbiy sohilidan sharqdagi Fujayraga quvur liniyasi yotqizish imkoniyatini oʻrganmoqda

5-noyabr, 15:35

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, ADNOC ehtimoliy loyiha haqida Osiyodagi ayrim xaridorlarga allaqachon maʼlumot bergan. Parametrlar hozircha tasdiqlanmagan: yoʻnalish va boshqa shartlar oʻzgarishi mumkin.

Yangi liniya bunday turdagi uchinchi yoʻnalish boʻladi. Abu-Dabidagi Habshan bilan Fujayrani bogʻlaydigan amaldagi quvur liniyasi 2012-yildan beri ishlamoqda. U kuniga 1,5 mln barrel neftni tashishga moʻljallangan, quvvatini 1,8 mln barrelgacha oshirish imkoniyati mavjud.

Birlashgan Arab Amirliklari shu yil avvalroq West-East Pipeline quvur liniyasini qurishini eʼlon qilgan edi. Kutilishicha, u 2027-yilda ishga tushadi va Hormuz boʻgʻozidan tashqarida joylashgan Fujayra orqali eksport quvvatlarini ikki baravar oshiradi.

ADNOC vakili Bloombergʻga uchinchi quvur liniyasi haqidagi xabar «notoʻgʻri va mutlaqo spekulyativ xususiyatga ega» ekanini aytdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing