Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Koʻchmas mulk

Oʻzbekistonda fuqarolik obyektlari qurilishi 29,3 foizga oshdi

Bajarilgan ishlarning umumiy qiymati 63,8 trln soʻmni tashkil etdi

10-noyabr, 16:43

Milliy statistika qoʻmitasi 2026-yil yanvar–sentabr oylarida fuqarolik maqsadidagi obyektlarda qurilish ishlari hajmi oshganini maʼlum qildi. Bajarilgan ishlarning umumiy qiymati 63,8 trln soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davridagi koʻrsatkichdan 29,3 foizga koʻp.

Eng katta hajmdagi ishlar Toshkent shahrida bajarilgan — 16,1 trln soʻm. Samarqand viloyati 8,8 trln soʻmlik natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Toshkent viloyati esa 7,9 trln soʻmlik qurilish hajmi bilan uchinchi boʻldi.

Fargʻona viloyatida bajarilgan ishlar hajmi 4,5 trln soʻmni, Buxoro viloyatida 4,1 trln soʻmni, Qashqadaryo viloyatida esa 3,1 trln soʻmni tashkil etdi. Navoiy viloyatida bu koʻrsatkich 2,9 trln soʻmga, Xorazm viloyatida 2,8 trln soʻmga, Surxondaryo viloyatida 2,7 trln soʻmga, Sirdaryo viloyatida esa 2,5 trln soʻmga yetdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlarining har birida ishlar hajmi 2,2 trln soʻmdan boʻldi. Jizzax viloyatida koʻrsatkich 1,9 trln soʻmni tashkil etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing