Nvidia Jensen Huang xorijiy razvedka nishoniga aylangan boʻlishi mumkinligini tekshiradi
Tekshiruv Huangning Nvidia mijozlaridan biri — Megaspeed rahbari Alisa Huang bilan shaxsiy aloqasiga taalluqli boʻladi

AQSh rasmiylari Alisa Huang Xitoy hukumati manfaatlari yo‘lida ma’lumot to‘plash uchun yollangan bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.
Bu xabarlar Nvidia’ning Xitoy bozoridagi faoliyati sabab milliy xavfsizlik bilan bog‘liq savollarni keltirib chiqardi. Uning Xitoyga chip sotishi AQSh eksport qoidalari bilan cheklangan.
Avvalroq bir guruh amerikalik qonunchilar Huangdan xorijiy raqiblar tomonidan josuslikka qarshi himoya masalalariga bag‘ishlangan yopiq brifingda ishtirok etishni va Alisa Huang bilan munosabatlarini muhokama qilishni so‘ragan edi. Uchrashuvni 18-noyabr kuni o‘tkazish taklif qilingan.
Tekshiruv Huang Nvidia xodimlariga turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilganini aytib, oilasidan uzr so‘raganidan so‘ng boshlandi. U tekshiruvni qo‘llab-quvvatlashini va u bilan to‘liq hamkorlik qilishini bildirdi.
Nvidia direktorlar kengashi AQShning milliy va iqtisodiy xavfsizligini ustuvor vazifa deb bilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, davlat xavfsizligi yoki kompaniya sirlari xavf ostida qolgan deb hisoblash uchun kengashda hech qanday asos yo‘q. Nvidia kompaniyasi ham Huang kompaniyaga rahbarlik qilishda tanaffussiz davom etishini bildirdi.
Avvalroq biz New York Times tekshiruvi haqida yozgan edik — unda Nvidia rahbarining Xitoy razvedkasi bilan ehtimoliy aloqasi haqida so‘z yuritilgan.





