Brent narxi barreliga $92,98 gacha koʻtarildi
Moskva vaqti bilan 14:38 ga kelib Brentning yanvar fyucherslari 0,58 foizga oshib, barreliga $92,98 ga yetdi. WTI kontraktlari ham qimmatlashdi.

Seshanba kuni tushdan keyin neft kotirovkalari moʻtadil oʻsishga oʻtdi. NYMEX birjasida WTIning dekabr fyucherslari barreliga $86,25 gacha koʻtarildi. ICE Futures birjasida Brentning yanvar kontraktlari $0,54 ga oshdi.
Shu bilan birga, oy boshidan beri Brent 22 foizga, WTI esa 18 foizga arzonladi. Bu dinamika jahon bozorida yoqilgʻi taklifi ortiqcha boʻlib qolishidan xavotirlar bilan bogʻliq.
Xalqaro energetika agentligi Yaqin Sharqdan neft yetkazib berish hajmi jahon talabiga qaraganda tezroq tiklanishini prognoz qildi. Agentlik bahosiga koʻra, bu 2026 yilning toʻrtinchi choragidayoq yoqilgʻi ortiqchaligiga olib kelishi mumkin.
Goldman Sachs tahlilchilari ham kelasi yili neft bozorida taklif sezilarli darajada ortiqcha boʻlishini kutmoqda. AQSh Strategik neft zaxirasidagi neft hajmi 1982 yil avgustidan beri eng past darajaga tushdi.





