Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

IT Park xorijiy investorlar uchun kompaniyalarni masofadan roʻyxatdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻydi

IT Park Uzbekistan xorijiy tadbirkorlar uchun One Stop Shop xizmatini yoʻlga qoʻydi: arizani masofadan yoki shaxsan topshirish mumkin, jarayonlar esa uch kungacha davom etadi

20-noyabr, 09:24

Xizmatlarning toʻliq majmuasi uch kungacha davom etadi hamda yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish va bankda korporativ hisobvaraq ochishni oʻz ichiga oladi. Arizalar OSS sayti orqali yoki Toshkentda shaxsan murojaat qilgan holda qabul qilinadi.

Masofadan roʻyxatdan oʻtish uchun rahbar va taʼsischi pasportlarining nusxalari yoki korporativ reyestrdan koʻchirma, rahbarning fotosurati, roʻyxatdan oʻtish manzillari, ishonchnoma hamda kompaniya nomining 2–3 ta varianti kerak boʻladi. Ishonchnoma IT Park shakli boʻyicha rasmiylashtirilib, apostil bilan tasdiqlanadi. Shu hujjat asosida texnopark xodimlari PINFL va elektron raqamli imzoni rasmiylashtiradi, soʻng kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazadi. Shundan keyin rahbar bank hisobvaragʻini ochish uchun Oʻzbekistonga kelishi kerak boʻladi.

Shaxsan murojaat qilish uchun tadbirkor Toshkentda mahalliy SIM-kartani oldindan sotib olishi va PINFLni rasmiylashtirishi kerak. IT Park xodimlari qolgan bosqichlardan oʻtishda yordam beradi.

IT Park ustav kapitaliga kamida 2000 dollar kiritishni tavsiya qiladi. One Stop Shop xizmati 11 mln soʻm turadi, taxminan 130 dollarlik davlat bojlari esa alohida toʻlanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media