Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Oʻzbekiston va Tojikiston yuk tashishni tezlashtirishga kelishib oldi

Yuklar tranzitidagi toʻsiqlarni kamaytirish va oʻzaro eksportni oshirish choralari koʻriladi

12-noyabr, 15:33
Shutterstock

11 noyabr kuni boʻlib oʻtgan muzokaralarda tomonlar transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro yuk tashish hajmini oshirish va eksport tartib-taomillarini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, Oʻzbekistondan Tojikistonga avtomobil transportida qurilish materiallarini tashish uchun undiriladigan yigʻimlar koʻrib chiqildi. Bundan tashqari, Tojikiston hududida eksport yuklarini temiryoʻl vagonlaridan tushirishni tezlashtirish va shu bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish yuzasidan fikr almashdi. Muzokaralar yakunida tomonlar Oʻzbekistondan Tojikistonga eksportni oshirish, yuk tashishni tezlashtirish va toʻsiqlarni bartaraf etish choralarini qisqa muddatlarda amalga oshirishga kelishib oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media