Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

McKinsey: jahon savdosidagi $4 trlnlik zaifliklar yangi imkoniyatlar yaratmoqda

McKinsey Global Institute bahosiga koʻra, $4 trln dan ortiq qiymatdagi tovarlar zaif taʼminot zanjirlariga bogʻliq

17-noyabr, 16:40
fortune.com

Institut jahon savdosining «Axilles tovon»i deb iqtisodiyot uchun bir vaqtning oʻzida muhim boʻlgan, cheklangan miqdordagi yetkazib beruvchilarga bogʻliq yoki geosiyosiy jihatdan uzoq hamkorlardan keladigan tovarlarni hisoblaydi. Gap neft va noyob yer metallardan tortib, akkumulyatorlar, mikrosxemalar va transformatorlargacha boʻlgan xomashyo, komponentlar hamda tayyor mahsulotlar haqida bormoqda.

Bunday zaif taʼminotning eng katta ulushi elektronika sohasiga toʻgʻri keladi: uning importining 43 foizi kamida ikkita xavfga duch keladi. Bu guruhga smartfonlar, sunʼiy intellekt tizimlari uchun xotira chiplari va litiy-ion batareyalar kiradi. Noyob gazlar, kema dvigatellari, mis kabellari va elektr tarmoqlari uchun uskunalar ishlab chiqarishida ham sezilarli bogʻliqliklar mavjud.

Zaiflikka nafaqat tovarlarning oʻzi, balki ularni yetkazib berish yoʻnalishlari ham sabab boʻladi. Dengiz savdosining qariyb 80 foizi kamida bitta tor boʻgʻin orqali oʻtadi, Suvaysh kanalining toʻsib qoʻyilishi esa avvalroq savdo oqimlarini kuniga taxminan $10 mlrdga kechiktirgan. Shu sababli kompaniyalar muqobil yetkazib beruvchilarni izlamoqda, xarid majburiyatlarini birlashtirmoqda va taʼminot zanjirlarini bir necha boʻgʻin yuqoriga qadar nazorat qilish uchun dasturiy xizmatlardan foydalanmoqda.

McKinseyning fikricha, imkoniyatlar yangi ishlab chiqarish quvvatlari, uskunalar, logistika, moliyalashtirish va sugʻurta atrofida paydo boʻladi. Yana bir yoʻnalish — tanqis materiallar kamroq talab qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqish. Bunda barqarorlik iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashi kerak: Germaniya yoki AQShda ilgʻor mikrosxemalar ishlab chiqarish Tayvan yoki materik Xitoydagiga qaraganda 40–50 foiz qimmatroqqa tushadi. Shu bois biznesga allaqachon zarur kompetensiyalar, talab va xarajatlar tafovutini qisqartirish imkoniyati mavjud boʻlgan yoʻnalishlarni tanlash taklif etilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media