Dunyoda internet foydalanuvchilari soni 6,3 milliard kishiga yetdi
Xalqaro elektraloqa ittifoqi turli mamlakatlarda odamlarning internetga qanday ulanganini koʻrsatdi

Sayyoramizning 2 milliard aholisi hamon tarmoqdan tashqarida qolmoqda. Bahrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni va BAAda internet qamrovi deyarli 100 foizni tashkil etadi. Daniya, Lyuksemburg, Monako va Norvegiya bu ko‘rsatkichlarga yaqinlashmoqda. Internet foydalanuvchilari ulushi bo‘yicha Malayziya AQSh va Yaponiyadan oldinda.
Eng past ko‘rsatkichlar Burundi (8,6%), Uganda (8,95%), Chad (12,63%), Markaziy Afrika Respublikasi (13,78%) va Afg‘onistonda (16,09%) qayd etilgan.
Mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut aholining daromadlari, aloqa xizmatlarining mavjudligi va raqamli infratuzilmaning rivojlanganlik darajasidagi farqlar bilan izohlanadi. Ulanishlar soni oshayotganiga qaramay, insoniyatning qariyb chorak qismi hanuz internetdan foydalanmaydi.

Manba: datahub.itu.int




