Fransiyaning Société Générale banki Oʻzbekistonda vakolatxona ochadi
Vakolatxona mahalliy moliya bozorini oʻrganadi hamda tashkilotlar va davlat idoralari bilan aloqalarni rivojlantiradi

Société Générale vakolatxonasi Markaziy bankdan akkreditatsiya olganidan soʻng Oʻzbekistonda ish boshlaydi. Uning vazifalari mahalliy moliya bozorini oʻrganish hamda moliya tashkilotlari, xususiy sektor va davlat organlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan iborat.
Hozirda regulyator reyestriga koʻra, mamlakatda 8 ta xorijiy bankning vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Ulardan ikkitasi Janubiy Koreyaning Korea Eximbank va Shinhan Bank banklariga, yana ikkitasi Germaniyaning Landesbank Baden-Württemberg va Commerzbank AG banklariga tegishli. AQShning JP Morgan Chase, Rossiyaning «Gazprombank»i, XXR Eksimbanki va Turkiyaning Citibank AS banklarining har birida bittadan vakolatxona bor.
XXR Eksimbanki Oʻzbekistonda vakolatxona ochish uchun 2024-yil sentabr oyida, Citibank AS esa 2025-yil iyul oyida akkreditatsiya olgan.
Société Générale Fransiyada 1864-yilda tashkil etilgan. Bank 58 ta mamlakatda, jumladan Germaniya, Italiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston va BAAda faoliyat yuritadi.





