Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Tesla Berlindagi gigafabrikada Cybercab uchun €3 mlrd sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Yangi bino 2029-yildan boshlab yiliga 1 mln tagacha Cybercab ishlab chiqarishi kerak

17-noyabr, 12:50
aa.com.tr

Tesla Berlin yaqinidagi Gryunxayde hududida joylashgan Gigafactoryʼni kengaytirishga €3 mlrd yoʻnaltiradi. Bu kompaniyaning Yevropadagi avtomobil ishlab chiqaradigan yagona korxonasi hisoblanadi. Sarmoya hozirgi asosiy binodan taxminan ikki baravar katta boʻladigan yangi ishlab chiqarish korpusi va qoʻshimcha infratuzilma, jumladan, oqova suvlarni tozalash inshootlarini qurishga sarflanadi.

Kompaniya qurilishga ruxsat olish uchun arizani 2026-yil oxirigacha topshirishni rejalashtirmoqda. Ishlar 2027-yilning birinchi yarmida boshlanishi, Cybercab ishlab chiqarishi esa 2029-yilda yoʻlga qoʻyilishi kerak. Yangi korpus toʻliq quvvatga chiqqach, yiliga 1 mln tagacha avtomobil ishlab chiqara oladi. Shu bilan birga, zavod Model Y ishlab chiqarishni davom ettiradi.

Tesla qurilish ishlari va ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun allaqachon bir necha yuz xodimni yollamoqda. Avtomobil ishlab chiqarishini kengaytirish kompaniyaning ushbu maydondagi ikkinchi yirik loyihasiga aylanadi. Avvalroq Tesla akkumulyator elementlari ishlab chiqarishni rivojlantirishini eʼlon qilgandi: korxona elektrodlarni keyingi qayta ishlash uchun AQShga yuborish oʻrniga, 4680 formatidagi elementlarni joyning oʻzida yigʻishga oʻtishi kerak.

Kompaniya rejalariga koʻra, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Gryunxaydeʼda akkumulyator elementlaridan tayyor avtomobillargacha boʻlgan toʻliq siklni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Loyiha Teslaʼning avtonom avtomobillar va robotaksilarni rivojlantirish yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlib, shuningdek, Cybercabʼning Yevropadagi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media