Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Investitsiyalar

Oʻzbekistonda kapital bozoridagi vositalarni kengaytirish maʼqullandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kapital bozori toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda maʼqulladi

18-noyabr, 14:41

Qonun loyihasida hosilaviy moliyaviy vositalar, taʼminlangan obligatsiyalar, sekyuritizatsiya, sukuk va barqaror rivojlanish obligatsiyalarini chiqarish hamda muomalaga kiritish tartibi belgilanadi. Hujjat, shuningdek, kliring va kastodial xizmatlarni tartibga soladi.

Hujjatda bozorning professional ishtirokchilariga, axborotni oshkor etishga, nazorat va tekshiruvga doir yangi talablar nazarda tutilgan. Deputatlarning fikricha, bu normalar investorlar ishonchini oshirishi, kompaniyalarning uzoq muddatli moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi hamda ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb etishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media