Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

HP 132 ming dollarlik stol kompyuterini sotishni boshladi

ZGX Fury G1n AI Station ish stansiyasi yirik sunʼiy intellekt modellarini mahalliy ishlab chiqish va ishga tushirish uchun moʻljallangan

12-noyabr, 18:02
HP

Ish stansiyasining bazaviy versiyasi 132 000 dollar turadi. Qoʻshimcha NVIDIA RTX PRO 2000 Blackwell oʻrnatilgan konfiguratsiya yana 1000 dollarga qimmatroq, RTX PRO 4000 Blackwell SFF bilan jihozlangan variant esa 136 000 dollar turadi. Soʻnggi holatda GPU xotirasining umumiy hajmi 276 GB ga yetadi, biroq HBM3e va GDDR7 alohida xotira havzalarini hosil qiladi.

ZGX Fury G1n AI Station negizida Arm Neoverse V2 protsessori va Blackwell Ultra grafik tezlatkichiga ega Nvidia GB300 Blackwell Ultra superchipi yotadi. Tizim 748 GB tezkor va video xotira bilan jihozlangan: 496 GB LPDDR5X-6400 va 252 GB HBM3e. FP4 hisob-kitoblaridagi eʼlon qilingan unumdorlik 20 petaflopsga yetadi.

HP bayonotiga koʻra, stansiya parametrlari soni bir trilliongacha boʻlgan sunʼiy intellekt modellarini mahalliy ravishda ishga tushira oladi. Sovitish uchun suyuqlik asosidagi tizimdan foydalaniladi. Kompyuter PCIe 5.0 slotlari, har biri 400 Gbit/s gacha tezlikka ega ikkita QSFP112 tarmoq porti bilan jihozlangan va umumiy hajmi 32 TB gacha boʻlgan maʼlumot tashuvchilarni oʻrnatishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Qurilma Ubuntu 24.04 LTS va Nvidiaʼning sunʼiy intellekt ishlab chiqish vositalari bilan yetkazib beriladi. Quvvat bloki 1600 Vt quvvatga ega.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media