AQSh koʻmagidagi konsorsium “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishga kelishdi
Todd Bouli boshchiligidagi guruh “Lukoyl” aktivlarini 10 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlar almashinuvi orqali sotib olish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzoladi. Bitimni OFAC hali maʼqullashi kerak.

Konsorsium “Lukoyl” qimmatli qogʻozlarini kompaniyaning xalqaro aktivlariga almashtirmoqchi. Portfel taxminan 16 mlrd dollarga baholanadi; uning 11 mamlakatdagi operatsiyalari kuniga qariyb 350 000 barrel neft qazib chiqaradi. Unga Ozarbayjon va Qozogʻistondagi konlar, Niderlandiya, Bolgariya va Ruminiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari hamda AQShdagi shoxobchalari ham bor yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻi kiradi.
Qimmatli qogʻozlar ularni xususiy investorlar uchun saqlagan AQSh va Britaniya fondlari hamda AQSh depozitar banklaridan sotib olindi. Rossiya va Ukraina mojarosi 2022-yilda boshlanganidan soʻng Gʻarb investorlarining aksiyalari muzlatildi va qadrsizlandi. Rossiya kompaniyasi mablagʻ olmasligi, bitim esa AQSh Moliya vazirligi bilan kelishilishi uchun ular BAAdagi eskrou hisobiga joylashtiriladi.
DFC orqali AQSh hukumati xususiy investorlarning kiritgan mablagʻlari va kelishilgan daromadi qaytarilgach, kelajakdagi foydaning bir qismiga hamda direktorlar kengashidagi oʻringa ega boʻladi. Konsorsiumga Amerikaning Xtellus Partners banki va BAAning Catena Investment Holding kompaniyasi kiradi. Bouli bitimni yopish bir yilgacha choʻzilishi mumkinligini aytdi. Avval aktivlarni sotishga ikki urinish amalga oshmagan, Carlyle bilan kelishuv esa OFAC litsenziyasini olmagan.





