Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

2027-yildan tovar va xizmatlarni boʻlib toʻlash asosida sotuvchilar MBda roʻyxatdan oʻtishi shart

Markaziy bank loyihasiga koʻra, 2027-yildan oyiga 500 mln soʻmdan ortiq aylanma va boʻlib toʻlash ulushi kamida 50% boʻlgan kompaniyalar roʻyxatdan oʻtadi.

24-noyabr, 16:35

Oʻzbekistonda Markaziy bank boʻlib toʻlash servis operatori sifatida roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻlgan kompaniyalarni aniqlash tartibi loyihasini ishlab chiqdi. Talab 2027-yil 1-yanvardan kuchga kirishi kerak: xizmatlarni faqat maxsus reyestrga kiritilgan ishtirokchilar koʻrsatishi mumkin.

Reyestrga tovarlar, ishlar va xizmatlarning oylik aylanmasi 500 mln soʻmdan ortiq boʻlgan, uning kamida yarmi boʻlib toʻlashga toʻgʻri keladigan korxonalar kiritiladi. Hisobga qismlarga boʻlib toʻlash asosidagi savdolar va ulardan olinadigan foizli daromadlar kiradi. Kompaniyalar koʻrsatkichni har chorakda oʻzlari belgilaydi va ulush 50%dan oshsa, keyingi oyning 20-sanasigacha Markaziy bankka ariza beradi.

Qoida tovar ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etilmaydi. Banklar va mikromoliya tashkilotlari regulyator xabarnomasi asosida reyestrga kiritilishi mumkin. Soliq qoʻmitasi kompaniyalarni elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn kassa cheklari, Markaziy bank esa, jumladan, kredit byurolari maʼlumotlari orqali aniqlaydi. Mezonlarga mos kompaniyaning roʻyxatdan oʻtmagani qoidabuzarlik hisoblanadi.

Loyiha muhokamasi 1-dekabrgacha davom etadi. Boʻlib toʻlash servislariga oid alohida cheklovlar prezident qarorida belgilangan: unda bitimning eng yuqori summasi, shartnoma muddati va qoʻshimcha toʻlovlar miqdori tartibga solinadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media