Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Investitsiyalar

Mirziyoyev Ummon biznesi bilan investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi

Ummon safari davomida tomonlar qoʻshma kompaniya kapitalini oshirish hamda turli sohalardagi loyihalarni muhokama qildi

17-noyabr, 15:07
Пресс-служба Президента Республики Узбекистан / president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat Investitsiya agentligi prezidenti Abdulsalam al-Murshidiy boshchiligidagi Ummon yirik biznes vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi raisi shayx Faysal al-Ravvas hamda SABCO Group, Voltamp Energy, Asyad Group, Zubair Corporation va UzOman kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Asosiy masala Oʻzbekiston–Ummon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini oshirish boʻldi. Ishtirokchilar, shuningdek, konchilik, elektrotexnika va kimyo sanoati, «yashil» energetika, shaharsozlik, transport va logistika sohalaridagi qoʻshma tashabbuslarni koʻrib chiqdi.

Yoʻnalishlar qatoridan infratuzilmani rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi ham oʻrin oldi. Shuningdek, tashkil etilayotgan Oʻzbekiston–Ummon ishbilarmonlar kengashi ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni taʼminlashi kerakligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun qoʻshma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Ish natijalarini har chorakda muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media