Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Liza Su AMDʼni Nvidiaʼga raqobatchiga qanday aylantirdi

Uning amakivachchasi Jensen Huang isteʼfoga chiqqach, aynan Liza Su Nvidia rahbari lavozimiga nomzod sifatida tilga olinmoqda

13-noyabr, 12:49
businessinsider.com

Su 2012 yilda AMDʼga kelganidan keyin kompaniyaning bozor kapitallashuvi $2 mlrd.dan kam koʻrsatkichdan payshanba holatiga koʻra $950 mlrd.dan oshiq darajaga koʻtarildi. 2014 yilda u kompaniya prezidenti va bosh ijrochi direktori boʻldi.

Oʻsha paytda AMD asosan shaxsiy kompyuterlar uchun chiplar ishlab chiqarishdan daromad olardi, biroq bu bozor qisqarib borayotgan edi. Su bulutli xizmatlar, maʼlumotlar markazlari va oʻyin konsollari uchun yarimoʻtkazgichlar, shuningdek, ayrim buyurtmachilar talablariga mos yarim maxsus yechimlarga eʼtibor qaratdi. Bu yondashuv kompaniyaga PlayStation 4 va Xbox One uchun chiplar ishlab chiqarish boʻyicha shartnomalarni qoʻlga kiritishga yordam berdi.

Ryzen protsessorlari AMDʼning isteʼmol bozoridagi mavqeini, EPYC esa server segmentidagi oʻrnini mustahkamladi. Bu yechimlardan bulutli xizmatlarga talabi yuqori boʻlgan kompaniyalar, jumladan Amazon, Microsoft va Google Cloud foydalanadi. 2018 yilda AMD maʼlumotlar markazlari uchun 7 nanometrli texnologik jarayon asosida ishlab chiqarilgan dunyodagi ilk grafik protsessorlarni taqdim etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Su va Huang amakivachchadir: Su ning ona tomondan bobosi Huangning onasining akasi boʻlgan. Ular bolalik chogʻida Tayvandan AQShga kelgan, biroq birga ulgʻaymagan va professional faoliyati davomida tanishgan.

Huangning Nvidia rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqishi haqidagi xabardan soʻng soha kuzatuvchilarining ayrimlari Su ni uning oʻrniga tashqaridan keladigan ehtimoliy nomzod deb atadi. Shu bilan birga, AMD Nvidia va Intel raqobatiga duch kelmoqda, AQShning Xitoyga chip yetkazib berishga doir cheklovlari esa oʻzgarishda davom etmoqda. 2025 yil aprelida AMD eksport qoidalarining qatʼiylashtirilishi sababli tushum yoʻqotishlarini $800 mln deb baholagan edi. Biroq iyul oyida cheklovlar bekor qilindi va kompaniya Xitoyga tegishli yetkazib berishlar qayta boshlanganini maʼlum qildi.