Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Tramp Nvidia kengashini Jensen Huangni qaytarishga aynan oʻzi koʻndirganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Nvidia kengashini Jensen Huangni kompaniya bosh direktori lavozimiga qaytarishga koʻndirganini aytdi va oʻzining aralashuvi kompaniya hamda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlganini taʼkidladi.

24-noyabr, 09:10
businessinsider.com

Nvidia direktorlar kengashi Huang isteʼfoga chiqqanidan ikki haftaga ham yetmay, uning qaytarilishini eʼlon qildi. Tramp qaror qabul qilinishidan oldin kengash aʼzolari bilan bogʻlanganini, kompaniya aksiyalari narxining tushishi esa ularni murosaga moyilroq qilganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, u vakillari orqali kengash majlisida qatnashgan, shuningdek, kengash bilan bevosita va bilvosita muloqot qilgan.

Tramp oʻz aralashuvini AQSh manfaatlari bilan bogʻladi va saylovlardan keyin mamlakat 5 trln dollar yoʻqotganini aytdi. U, shuningdek, Huangni «milliy boylik» deb atadi va Xitoy razvedkasi bilan aloqador ekani taxmin qilingan ayol haqidagi voqea yuzasidan Huang «hech qanday notoʻgʻri ish qilmaganini» bildirdi. Trampning taʼkidlashicha, AQSh bosh prokurori idorasi oʻtkazgan tergov Huangga nisbatan shubhalarni bartaraf etgan.

Trampning soʻzlariga koʻra, u XXR raisi Si Szinpin bilan Huang haqida batafsil gaplashgan, biroq suhbatda bu ayolni tilga olmagan. AQSh prezidenti bunday mutaxassisni yoʻqotish mamlakat uchun mojaro bilan bogʻliq holatlardan koʻra kattaroq xavf boʻlishini aytdi. Bir kun avval u Huangdan yanada tirishqoqlik bilan ishlashga vaʼda berishini ham soʻragan.

Tramp Huang isteʼfosidan keyin Apple kompaniyasining sobiq rahbari Tim Kuk Nvidiaʼga rahbarlik qilishi va uning aksiyalari narxini qoʻllab-quvvatlashi mumkin edi, deya qoʻshimcha qildi. Biroq uning fikricha, hozir kompaniya asoschisining qaytishidek hech kim Nvidia aksiyalari qiymatini tiklay olmas edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media