Osiyo aksiyalari Nvidia hisoboti va Anthropic listingini kutib pasaymoqda
Yevropa savdolari boshlanishidan oldin Tokio, Seul va Taypey bozorlari pasaydi. Bu shaharlarda sunʼiy intellekt bilan bogʻliq koʻplab kompaniyalar jamlangan.

Kioxia, Tokyo Electron, TSMC va SK hynix aksiyalari boshqalarga qaraganda koʻproq arzonlashdi. Shanxay, Sidney, Singapur, Manila va Jakarta birjalarida ham pasayish kuzatildi.
Xatarlarni qayta baholashga Nvidia rahbari Jensen Huangning shaxsiy aloqalari, jumladan Xitoy uchun ishlaganlikda gumon qilinayotgan ayol bilan munosabatlari haqidagi xabarlar ortidan isteʼfoga chiqishi sabab boʻldi. Kompaniya uchun muhim shaxsning ketishi sunʼiy intellekt sektorining kengayishida markaziy rol oʻynayotgan chip ishlab chiqaruvchisi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi.
Keyinroq Huangning lavozimiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻldi. Ilon Mask va Uber kompaniyasi hammuassisi Travis Kalanikni ham oʻz ichiga olgan 158 000 dan ortiq kishi mustaqil tergov davomida uni qaytarishni talab qilgan ochiq xatni imzoladi. Pepperstone kompaniyasidan Kris Uestonning baholashicha, hatto Huangning qaytishi ham korporativ boshqaruvga nisbatan qatʼiyroq talablar hamda yangi siyosiy yoki tartibga soluvchi cheklovlar xavfini bartaraf etmaydi.
Investorlar Nvidia hisobotining eʼlon qilinishini kutmoqda. U hisobot sunʼiy intellekt kompaniyalari aksiyalari uchun yangi yoʻnalishlarni koʻrsatishi kerak. Anthropicʼning boʻlajak IPOʻsi bozorning sunʼiy intellekt ishlab chiquvchilariga qiziqishini baholash imkonini beradi. Eʼtibor, shuningdek, APEC sammitida Si Szinpin, Donald Tramp va Vladimir Putinning uchrashuviga, AQShdagi chakana savdolar haqidagi maʼlumotlarga hamda Federal zaxira tizimining oktabrdagi yigʻilishi bayonnomalariga qaratilmoqda.





