Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Jensen Huang Nvidia rahbari lavozimini kompaniyaga 33 yil rahbarlik qilganidan soʻng tark etdi

Kompaniyaga vaqtincha moliya direktori Kolet Kress rahbarlik qildi

13-noyabr, 11:48
3dnews.ru

Nvidia 12 noyabr kuni rahbariyat almashgani haqida eʼlon qildi. Kress moliya direktori va ijrochi vitse-prezident vazifalarini bajarishda davom etadi. U Nvidiaʼda 2013 yildan beri ishlaydi, bungacha esa Cisco va Microsoft kompaniyalarida moliyaviy lavozimlarda faoliyat yuritgan. Doimiy bosh direktor lavozimiga nomzodlarni direktorlar kengashi kompaniya ichidan ham, tashqarisidan ham koʻrib chiqadi.

Nvidia direktorlar kengashining ilk raisi chiplarni loyihalash uchun dasturiy taʼminot ishlab chiquvchi Synopsys kompaniyasining sobiq rahbari Harvi Jons boʻldi. Kengash mijozlar oldidagi majburiyatlarni bajarish va mahsulotlarni chiqarish jadvalini saqlab qolishga umid qilayotganini bildirdi. Kompaniya choraklik hisobotini 17 noyabr kuni eʼlon qilishni avvalgidek rejalashtirmoqda.

Huangning isteʼfosi Nvidia Singapurdagi Megaspeed kompaniyasining sobiq rahbari Elis Huang bilan munosabatlari haqidagi xabarlardan soʻng boshlagan ichki tekshiruv fonida yuz berdi. Associated Press maʼlumotlariga koʻra, AQSh razvedkasi uning Xitoy uchun ishlaganidan shubhalangan. Pekin bu ayblovlarni rad etdi. Nvidia kadrlar almashinuvi haqidagi xabarida Huangning ketish sababini koʻrsatmadi.

Huang 1993 yilda Nvidiaʼga asos solganlardan biri boʻlgan va kompaniyani tashkil etilganidan beri boshqargan. Shu vaqt ichida dastlab grafik chiplar ishlab chiqarishdan boshlagan kompaniya sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish va ishga tushirish uchun tezlashtirgichlarning asosiy yetkazib beruvchilaridan biriga aylandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media