Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Buxoro viloyati aholisi 25 530 tonna koʻmir sotib oldi

Buxoro viloyatidagi gazlashtirilmagan xonadonlar aholisi 25 530 tonna koʻmir sotib oldi. Viloyat omborlarida 10 764 tonna zaxira shakllantirilgan, yana 6 500 tonna yoʻlda.

23-noyabr, 12:45
gov.uz

Birja savdolari orqali 65 549 tonna koʻmir xarid qilindi. Koʻmir qazib chiqaruvchi korxonalar hududlarga 42 700 tonna joʻnatdi, gazlashtirilmagan xonadonlar aholisi esa 25 530 tonna sotib oldi.

Maishiy isteʼmolchilarga koʻmir yetkazib berish uchun viloyat hokimligi tadbirkorlarni jalb etdi. Koʻmirni sotish va yetkazib berish mycoal.uz platformasida qayd etiladi.

Olot, Qorakoʻl, Vobkent va Kogon tumanlari hamda Buxoro shahrida tekshiruvlar oʻtkazildi. Mutaxassislar belgilangan talablarga rioya etilishini, koʻmirning kelib tushishi va sarflanishi haqidagi hisobotlarni hamda ularning platforma maʼlumotlariga muvofiqligini oʻrgandi. Tekshiruvda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, «Uzbekkoʻmir» AJ va mahalliy hokimlik organlari xodimlari ishtirok etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media