Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Turkiya moliya institutlari Oʻzbekiston banklarini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev turkiyalik moliya institutlarini Oʻzbekiston bank sektoridagi islohotlar va xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishga taklif qildi.

20-noyabr, 11:08

Oʻzbekiston–Turkiya Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengash yigʻilishida prezident mamlakatda 33 yildan beri faoliyat yuritayotgan Ziraat Bank ishini qayd etdi va boshqa turkiyalik moliya institutlarini bank sektoridagi islohotlar hamda xususiylashtirishda ishtirok etishga taklif qildi.

Raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar iqtisodiy sheriklikning asosiy yoʻnalishlari sifatida koʻrsatildi. Turkiya kompaniyalariga IT Park rezidentlari bilan birgalikda autsorsing, dasturiy taʼminot ishlab chiqish va sunʼiy intellekt sohalarida loyihalarni yoʻlga qoʻyish taklif etildi. Ularning koʻmagi IT xizmatlari eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish maqsadiga erishishga yordam berishi kerak.

Maxsus sanoat zonalarida investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha muddatga soliq va bojxona imtiyozlari amal qiladi. Yirik investorlarga infratuzilma bilan taʼminlangan tayyor binolar va yer uchastkalari taqdim etiladi.

Toshkent viloyatida 100 gektar maydonga ega Ostim oʻzbek-turk sanoat zonasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Mirziyoyev uning tajribasini boshqa hududlarga ham tatbiq etishga tayyorligini bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media