Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Tahlilchilar: AI 2030 yilgacha dunyoda ish oʻrinlari sonini 1,7 mln taga oshiradi

Sunʼiy intellekt 10,6 mln ta ish oʻrni yaratadi va 8,9 mln ta ish oʻrnining qisqarishiga olib keladi; sof oʻsish 1,7 mln tani tashkil etadi

12-noyabr, 19:15
computersweden.se

Tahlilchilarning baholashicha, bandlikning yakuniy oʻsishi yangi lavozimlarning paydo boʻlishi va mavjud lavozimlarning qisqarishi bir vaqtda yuz berishi natijasi boʻladi. Gartner prognoziga koʻra, oʻn yillik oxirigacha sunʼiy intellekt 10,6 mln ta ish oʻrni yaratadi, biroq 8,9 mln ta lavozimning qisqarishiga sabab boʻladi.

2026 yilda sunʼiy intellektning mehnat bozoriga taʼsir koʻrsatishidagi eng muhim omillardan biri kompaniyalarning 1,3 mln ta lavozimni ochishni kechiktirish qarori boʻldi. Bundan tashqari, oʻtgan yil davomida 2,2 mln ta ish oʻrni yoʻqotildi, 1,6 mln tasi esa yaratildi.

Gartner yetakchi tahlilchisi Helen Puateven Barselonada boʻlib oʻtgan Gartner IT Symposium/Xpo tadbirida sunʼiy intellektni joriy etishda eng ilgʻor kompaniyalar undan xodimlar oʻrnini bosuvchi vosita sifatida foydalanmayotganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday tashkilotlar oʻzgarayotgan bozorlarda raqobatlashish uchun operatsion jarayonlarni oʻzgartirib, kadrlar va texnologik imkoniyatlarni qayta taqsimlamoqda.

Prognozga koʻra, 2030 yilgacha sunʼiy intellekt sabab dunyodagi xodimlarning 0,4 foizidan 1,8 foizigacha boʻlgan qismi ishidan ayriladi. Shu bilan birga, xodimlarning 20 foizdan sal koʻprogʻi, yaʼni 435,5 mln kishi, ishning yangi shakllariga moslashishga majbur boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media