Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

XVJ energiya resurslari tariflarini yanada oshirishni qoʻllab-quvvatladi

XVJning doimiy vakili Koba Gvenetadze Oʻzbekistonda tariflarni xarajatlarni qoplash darajasigacha yanada oshirishni qoʻllab-quvvatladi

16-noyabr, 16:15

15 noyabrdan Oʻzbekistonda suyultirilgan gaz narxi oshadi. Gvenetadzening soʻzlariga koʻra, narxlar oshishining taʼsirini yumshatish uchun aholining zaif qatlamlariga kompensatsiyalar koʻzda tutilgan.

XVJ tarif islohotini ham qoʻllab-quvvatlamoqda, chunki kommunal xizmatlar va energiya resurslarining amaldagi narxlari ularni taqdim etish xarajatlarini hozircha qoplamayapti. Gvenetadze taʼkidlaganidek, tariflarning past darajada saqlanishi ortiqcha isteʼmolni ragʻbatlantirishi va energetika subsidiyalariga byudjet xarajatlarini oshirishi mumkin.

Tariflarning oshirilishi dastlab korxonalarga, keyin esa aholiga taʼsir qildi. Jamgʻarma vakili islohotni inflyatsiyani Markaziy bankning maqsadli darajasigacha pasaytirishni qiyinlashtirayotgan omillardan biri deb atadi. Uning baholashicha, narxlar asta-sekin xarajatlarni qoplash darajasiga yaqinlashishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Markaziy bank raisi oʻrinbosari Nodirbek Achilov manzilli va amal qilish muddati cheklangan subsidiyalarni qoʻllab-quvvatladi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday choralarda oluvchilar va qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatish sanasi aniq belgilanishi kerak. Regulyator tariflarning oshirilishi narxlarga bevosita taʼsirini bartaraf eta olmaydi, biroq uning ikkilamchi taʼsirlarini — inflyatsion kutilmalar, ish haqi hamda boshqa tovarlar va xizmatlar narxini — kuzatib bormoqda.

Bu oqibatlarni jilovlash uchun Markaziy bank foiz stavkasini yetarlicha yuqori darajada saqlab turibdi. XVJ tadqiqotida qayd etilishicha, yoqilgʻi subsidiyalari katta boʻlgan mamlakatlarda taklif shoklarining inflyatsiyaga taʼsiri qariyb ikki baravar zaifroq boʻladi, biroq shokdan uch yil oʻtgach, birlamchi byudjet balansi yomonlashadi.