Oʻzbekistonda biznes uchun raqamli platforma yaratilmoqda
Xorijiy hamkorlar, investorlar va buyurtmachilarni izlashga moʻljallangan World Business Integration Platformʼning birinchi bosqichi allaqachon taqdim etildi

Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarovning maʼlum qilishicha, xalqaro platformada ishtirok etish uchun arizalarni allaqachon 2 mingdan ortiq xitoylik kompaniya topshirgan. Uning soʻzlariga koʻra, platforma orqali Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Yevropa mamlakatlaridagi hamkorlar bilan hamkorlik qilish mumkin.
Platforma sunʼiy intellekt yordamida 65 ta tarmoq assotsiatsiyasi va qariyb 100 mingta kompaniyani birlashtiradigan Assembly OS System klasteri tarkibiga kiradi. Oʻzbekistonlik tadbirkorlar uchun alohida «Tijorat markazi» platformasi faoliyat yuritadi: unda tovarlarni sotish, investitsiyalar va xodimlarni jalb qilish mumkin.





