Yevropa Ittifoqi dekabr oyida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tasdiqlashi mumkin
Cheklovlar bank sektori, kriptoaktivlar va soya flotiga tegishli kemalarga taalluqli boʻlishi kutilmoqda
18-noyabr, 11:48

Rossiya kemalariga dengiz xizmatlari koʻrsatishni taqiqlash boʻyicha tayyorlangan chora Gretsiya, Malta va Kiprning qarshiligi sababli paketga kiritilmasligi mumkin.
Shuningdek, Irlandiyaning pozitsiyasi tufayli cheklovlar glinozyomga ham taalluqli boʻlmasligi mumkin. Avvalroq mamlakatda ushbu xomashyoning Rossiyaga katta hajmda yetkazib berilgani haqidagi xabarlar ortidan siyosiy mojaro yuzaga kelgan, garchi uning savdosi taqiqlanmagan boʻlsa-da.





