Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Markaziy bank bir qator banklarga islomiy bank faoliyati litsenziyalarini berdi

2026-yil 18-noyabrdagi boshqaruv qarorlariga muvofiq, Markaziy bank toʻrtta bankka islomiy bank faoliyati litsenziyasini berdi. Ular sohaga oid qonunning 5-1-moddasidagi operatsiyalarni qamrab oladi.

18-noyabr, 16:41

Markaziy bank toʻrtta tijorat bankiga: «Ipak Yoʻli» aksiyadorlik innovatsion tijorat banki, «ASIA ALLIANCE BANK» aksiyadorlik tijorat banki, «Orient Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat banki va «HAYOT BANK» aksiyadorlik jamiyatiga litsenziya berdi. Hujjatlar ularga «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunning 5-1-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi.

Gap foydani taqsimlash sharti bilan moliyalashtirish yoki mablagʻlarni omonatlarga jalb etish, agentlik shartnomasi boʻyicha operatsiyalar, tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash asosida sotish va ular uchun oldindan toʻlovni amalga oshirish haqida bormoqda. Banklar, shuningdek, mijozlarni sheriklik yoki yuridik shaxslar kapitalida ishtirok etish orqali moliyalashtirishi, mol-mulkni sotib olish huquqi bilan islomiy ijara asosida taqdim etishi mumkin.

Bundan tashqari, xalqaro bank amaliyoti va Oʻzbekiston qonunchiligiga mos boshqa islomiy moliyaviy operatsiyalarga ham ruxsat berildi. Mamlakatda bunday faoliyat uchun birinchi litsenziyani avval Open Bank olgan. Regulyator bank xizmatlaridan foydalanishdan oldin litsenziya mavjudligini Markaziy bankning rasmiy saytida tekshirishga chaqirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media