Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

“Turonbank” rahbari qoʻlga olingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

“Turonbank” rahbari Chori Mirzayev qoʻlga olingani haqidagi xabarlardan soʻng odatdagi rejimda ishlayotganini bildirdi. Mijozlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlar saqlanadi.

23-noyabr, 16:05

“Turonbank” matbuot xizmati ofislar, bank xizmatlari markazlari va raqamli platformalar mijozlarga xizmat koʻrsatishda davom etayotganini maʼlum qildi. Bank omonatchilar, mijozlar, investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari saqlanayotganini ham tasdiqladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga koʻra, 21 noyabr kuni Mirzayev Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan katta miqdorda mablagʻlarni oʻzlashtirishda gumonlanib qoʻlga olingan. Bu maʼlumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Bank faoliyati korporativ boshqaruv va ichki nazorat sohasidagi qonunchilik talablari asosida olib borilishini bildirdi. Muassasa mijozlar murojaatlarini koʻrib chiqishga tayyor; savollar 1220 raqamli koll-markaz va boshqa rasmiy kanallar orqali qabul qilinadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media