Mask Teslaʼning Shanxaydagi zavodida ishlab chiqarishni oshirmoqchi
Tesla bosh direktori Ilon Mask kompaniya Shanxaydagi zavodida ishlab chiqarishni oshirishda davom etishini aytdi.
19-noyabr, 21:20

epravda.com.ua
Yanvar–oktabr oylarida zavod 810,9 mingga yaqin Model 3 va Model Y elektromobilini ishlab chiqardi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 21,4 foiz koʻp.
Bu davrda eksport ikki baravar oshib, qariyb 421 mingtagacha yetdi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 950 mingdan ortiq elektromobilni tashkil etadi, yigʻish uchun zarur butlovchi qismlarning 98 foizi esa Xitoydan xarid qilinadi.
Zavod mahsulotlari, jumladan, Yevropa mamlakatlari, Janubiy Koreya va Avstraliyaga yetkazib beriladi.





