Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekneftgaz Xitoyning BGP va INOVA kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekneftgaz, BGP va INOVA seysmik qidiruv ishlari, geofizika uskunalarini yetkazib berish hamda hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini koʻrib chiqdi.

18-noyabr, 23:26

Toshkentda uchrashuvni Oʻzbekneftgaz boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Suxrob Xamroyev oʻtkazdi. Ishtirokchilar qoʻshma loyihalarning joriy holati va hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Asosiy eʼtibor seysmik qidiruv ishlariga qaratildi. Tomonlar rejalashtirilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish va talab etilgan sifatni taʼminlash zarurligini qayd etdi. Shuningdek, ular ishlarni 2026 yil oxirigacha jadallashtirish masalasini muhokama qildi.

Geofizika uskunalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish ham alohida mavzu boʻldi. Kompaniyalar texnikani toʻliq va kelishilgan muddatlarda yetkazib berish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekneftgaz, BGP va INOVA vakillari amaldagi kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga tayyor ekanini bildirdi. Hamkorlikni yangi yoʻnalishlar, jumladan, zamonaviy texnologiyalar va neft-gaz sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash hisobiga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media