Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston 2030 yilgacha yem-xashak ishlab chiqarishni 90 mln tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston hukumati 2027 yilda 64,5 mln tonna, 2030 yilgacha esa 90 mln tonna yem-xashak ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Hosildorlikni gektariga 350 sentnerdan 500 sentnergacha oshirish koʻzda tutilgan.

27-noyabr, 13:26

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilikning yem-xashak bazasini rivojlantirishga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. Hozir mamlakatda yiliga 48 mln tonna yem-xashak ishlab chiqariladi, bu esa soha ehtiyojlarini qoplamaydi. Goʻsht tannarxining 30 foizi yem-xashakka toʻgʻri keladi.

Ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun hududlar kesimida yem-xashak balansi tuziladi, ekin maydonlari va yem-xashak ekinlari turlarini hisobga olish tizimi toʻliq raqamlashtiriladi. Chorvachilik uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish kosmik monitoring yordamida nazorat qilinadi. Shuningdek, takroriy ekin ekish koʻlamini kengaytirish, yuqori hosildor navlar va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

2030 yilgacha qishloq xoʻjaligi aylanmasiga 200 ming gektar yerni kiritish va ularda yem-xashak ekinlarini yetishtirish rejalashtirilmoqda. Yaylovlar mahsuldorligini oshirish uchun dronlar yordamida 1 mln gektar maydonga urugʻ ekish koʻzda tutilgan. Masʼul shaxslarga loyihalarni moliyalashtirish hamda chorvachilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish topshirildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media